0%
Loading

Diqqat! Sayt sinov tariqasida ishlamoqda, ma`lumotlar to`liq emas.

RTM Logo
E'lon
16-sentabr, 2026
2 daqiqa o'qish

TAKOMILLASHTIRILGAN DTS VA MILLIY O‘QUV DASTURI LOYIHASI YUZASIDAN JAMOATCHILIK MUHOKAMASI NATIJALARI

(Iqtisodiyot va biznes fani)

Takomillashtirilgan DTS va Iqtisodiyot va biznes fani Milliy o‘quv dasturi loyihasi yuzasidan bildirilgan fikrlar ishchi guruh tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

1. Amaliy mashg‘ulotlarga alohida soatlar ajratish kerakligi yuzasidan bildirilgan taklif hujjat loyihasida ko‘zda tutilganligi sababli qabul qilinmadi.

Izoh: Amaliy mashg‘ulotlar dasturda har bir o‘quv maqsadlari bilan integratsiyalashgan holda belgilangan. Milliy o‘quv dasturining tarkibiy qismi bo‘lgan ish reja hamda o‘qituvchilar uchun yo‘riqnomada o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, o‘quv soatlari taqsimlanadi.

2. Iqtisodiyot va biznes fani haftasiga 2 yoki 3 soatdan oʻqitish yuzasidan bildirilgan taklif qabul qilinmadi.

Izoh: Namunaviy tayanch o‘quv reja loyihasida 1–11-sinflar bo‘yicha umumiy haftalik o‘quv yuklamasi 316 soat miqdorida saqlab qolingan. Ushbu yuklama doirasida Iqtisodiyot va biznes faniga 9–11-sinflarda haftasiga 1 soatdan ajratilgan. Shu tariqa Iqtisodiyot va biznes fanining haftalik yuklamasi 9-sinflarda amaldagi 0,5 soatdan 1 soatga oshirilgan. Amalda 10-sinflarda Iqtisodiyot va biznes fani o‘qitilmaydi, taklif etilayotgan namunaviy tayanch o‘quv reja loyihasida 10-sinflarda mazkur fanni 1 soat doirasida o‘qitish ko‘zda tutilgan. 11-sinfda mazkur fan uchun ajratilgan 1 soat saqlangan.

Umumiy o‘rta ta’limda Iqtisodiyot va biznes fanini o‘qitishning maqsadi, shuningdek, fan o‘quv dasturida belgilangan o‘quv maqsadlari uchun yetarli hajmda o‘quv soatlari ajratilgan deb hisoblandi.

Shuningdek, takomillashtirilgan DTS va Milliy oʻquv dasturini rus tilida ham tayyorlash yuzasidan mulohaza bildirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 27-martdagi 157-son qarorining 26-bandida taʼlim standarti davlat tilida tasdiqlanishi, chop etilishi, shuningdek, boshqa tillarga vakolatli tashkilot tomonidan tarjima qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar:
RTM - TAKOMILLASHTIRILGAN DTS VA MILLIY O‘QUV DASTURI LOYIHASI YUZASIDAN JAMOATCHILIK MUHOKAMASI NATIJALARI