Diqqat! Sayt sinov tariqasida ishlamoqda, ma`lumotlar to`liq emas.
Cambridge University Press & Assessment tashkilotining rasmiy saytida O‘zbekistonning takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.
Maqolada dastur mamlakatimizdagi qariyb 7 million nafar o‘quvchi uchun sifatli, inklyuziv va kompetensiyaga asoslangan ta’limni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
Cambridge University Press & Assessment tashkilotining Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerikada ta’lim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King (https://t.me/rtm_metodik_xizmat/6224) qayd etishicha, dasturni ishlab chiqish jarayoniga Respublika ta’lim markazi rahbarlik qilgan, Cambridge hamda UNICEF esa xalqaro tadqiqotlar, ma’lumotlar va amaliy tajriba bilan ko‘maklashgan.
Endilikda asosiy e’tibor dasturni ta’lim jarayoniga samarali joriy etishga qaratiladi. Buning uchun ish reja, o‘qituvchilar uchun yo‘riqnoma va boshqa yordamchi materiallar ishlab chiqiladi.