Diqqat! Sayt sinov tariqasida ishlamoqda, ma`lumotlar to`liq emas.

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi hamda UNESCO shafeligidagi APCEIU tashkiloti tomonidan “Global fuqarolik ta’limini o‘quv dasturlariga integratsiya qilish” loyihasi doirasidagi seminarga start berildi.
Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, mas'ullar hamda xorijiy ekspertlar qatnashdi.
O'quv mashg'ulotlarida Melburn Universiteti professori Ester Keyr, NISSEM guruhi xalqaro konsultanti Endi Smart, APCEIU Global fuqarolik ta’limi instituti rahbari o‘rinbosari Jeongmin Eom ham ishtirok etmoqda.
🔰 Loyiha BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq ravishda, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, media-savodxonlik va bag‘rikenglik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ularning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.
🔴 Bunda global fuqarolik ta’limini o'quv dasturlari ramkalari, ish rejalari hamda o‘qituvchilar uchun yo‘riqnomalar hamda o‘quv materiallariga integratsiya qilish, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish haqida so'z yuritilmoqda.